Qozog‘iston maktablari 2023 yildan uch tilli ta'lim tizimiga o‘tadi. Bu haqda Ibray Oltinsarin nomli Milliy ta'lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Maryam Muqatova brifing chog‘ida bayonot berdi.

“Grafikka muvofiq, 2022-2023 o‘quv yilida qozoq-turk litseylari, xalqaro maktablar, gimnaziyalar, litseylar va ko‘p tilli maktablar, 2023-2024 yildan esa barcha umumta'lim maktablari inglizcha ta'limga ko‘chirilishi rejalashtirilmoqda. Uch tilli ta'limning joriy qilinishi ta'lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi”, - dedi u.