Kiçik SI modellari 2026-yil oxiriga borib, internetga ulangan maişiy elektronika va uy texnikalari orqali öz-özini köpaytirişni özlaştirişi mumkin. Anthropic kompaniyasi şunday xulosaga keldi.

Anthropic tadqiqotçilari quyidagiça tajriba ötkazdi: har biri taxminan 55 dollar turadigan 15 ta Android-TV pristavkasi yagona tarmoqqa birlaştirildi va unda 26 milliard parametrli SI modeli muvaffaqiyatli işga tuşirildi. Şundan söng mutaxassislar modellarning begona qurilmalarga mustaqil ravişda suqilib kirişi va yangi nusxalarini yaratiş qobiliyatini sinovdan ötkazdi.

9 milliard parametrli model töqqiz turdagi uskunaning sakkiztasida işga tuşişni uddaladi, ammo u hozirça öz-özini köpaytirişning töliq siklini barqaror bajara olmaydi. Bu vazifani faqat ança yirikroq bölgan GLM-5.2 modeli bajara oldi, biroq uning işlaşi uçun robot-çangyutkiçlar va aqlli televizorlar bera oladiganidan ança yuqori hisoblaş quvvati talab etiladi.

Tadqiqotçilarning taʼkidlaşiça, IoT-qurilmalar tarmoqlarida mustaqil köpayişi uçun SI modeli nisbatan kam quvvat talab qilişi, ammo ayni paytda qurilmalarni mustaqil topiş, özini ularga köçiriş va işga tuşiriş qobiliyatiga ega bölişi lozim. Hozirça bu ikki şart bir vaqtda bajarilmayapti, biroq rivojlanişning amaldagi surʼati saqlanib qolsa, kiçik modellar 2026-yil oxiriga kelib bunga erişadi.

Anthropic tahlilçilari SI agentlari uy qurilmalarini ança sekinlik bilan egallab oladi, degan xulosaga keldi. Tadqiqotçilar ularni köpayişi uçun bir neça sutka talab etiladigan moğor yoki meva paşşalariga qiyoslamoqda. Çeklangan quvvat sababli 9 milliard parametrli modelning bor-yöği bitta yangi nusxasini köçiriş va işga tuşiriş taxminan ikki kun vaqt olişi mumkin.

Tadqiqotçilar kelajakda inson nazoratisiz işlaydigan köplab SI agentlari paydo bölişi ehtimolini istisno qilmayapti. Ulardan qutuliş ança muşkul böladi, çunki bu öz tarmoqlarida zararlangan qurilmalar aniqlangan barça internet-provayderlar harakatlarini özaro muvofiqlaştirişni talab etadi.