Samarqandda avtomobil skuterni urib yuborişi oqibatida ayol va bola halok böldi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Vazirlar Mahkamasida yangi lavozim va kotibiyat taşkil etildi
Prezident farmoniga köra, Vazirlar Mahkamasida 12 ta ştat birligidan iborat Taʼlim, ilm-fan va soğliqni saqlaş masalalari kotibiyati taşkil etildi.
Kotibiyatning beşta ştat birligi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlaniş masalalari bölimi hisobidan şakllantiriladi. Qolgan yettita ştat qayta taşkil etilgan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ştatlarini maqbullaştiriş hisobidan ajratiladi.
Boş vazirning birinçi örinbosari - taʼlim va ilm-fan vaziriga Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda ular tizimidagi tegişli agentlik, qömita va inspeksiyalar biriktirildi.
Röyxatda Fanlar akademiyasi, şuningdek, muayyan vazifalar doirasida Içki işlar vazirligi va Yoşlar işlari agentligi ham bor.
Toşkent atrofidagi issiqxonalar «yaşil» şartlar asosida faoliyatini davom ettirişga ruxsat söradi
Poytaxt mintaqasidagi issiqxonalar tomonidan ekologik toza texnologiyalar asosida «yaşil» issiqxonalarga aylaniş şarti bilan faoliyatini davom ettirişga ruxsat beriş taklif etilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Taʼkidlanişiça, issiqxona xöjaliklari vakillari amaldagi obyektlarni modernizatsiya qiliş, ekologik toza isitiş texnologiyalariga ötiş va ekologik xizmatlar tomonidan belgilangan meyorlarga muvofiq çiqindilar miqdorini xavfsiz darajagaça kamaytirişga tayyorligini bildirib, bir neça bor murojaat qilgan.
Issiqxona xöjaliklari tomonidan energiya tejamkor texnologiyalarga ötiş, şuningdek, zamonaviy isitiş tizimlari bilan qayta jihozlaniş va atmosferaga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalarni onlayn rejimda monitoring qiliş tizimini joriy etiş taklif qilinmoqda.
Toşkentdagi mahallada deraza panjaralarini noqonuniy demontaj qiliş işlari töxtatildi
Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi mahallalardan birida deraza panjaralarini demontaj qiliş işlari töxtatildi.
«Vaziyat poytaxt hokimligi nazoratida: sodir bölgan holat sabablari hamda mazkur qarorga masʼul şaxslar aniqlanmoqda, xatti-harakatlarga mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş va özboşimçalik alomatlari böyiça huquqiy baho berilmoqda.
Tekşiruv natijalariga köra, Mirzo Uluğbek tumani hokimligi tomonidan tegişli çoralar köriladi, şuningdek, bunday holatlar takrorlanmasligi uçun zarur amaliy qadamlar belgilanadi», deyiladi xabarda.
Şu bilan birga demontaj işlari qaysi taşkilot tomonidan olib borilgani haqida maʼlumot berilmadi. Şuningdek, allaqaçon demontaj qilingan panjaralarning taqdiri nima bölişi ham nomaʼlum.
Yer hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun 840 ming dollar talab qilgan şaxs uşlandi
Toşkent şahrida yer maydonini turar joy quriş uçun hujjatlaştirib berişni vaʼda qilib, 840 ming dollar talab etgan şaxs uşlandi.
Qayd qilinişiça, 1970-yilda Xorazm viloyatida tuğilgan şaxs Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi 9 gektarlik noturar joy obyektining 4 gektar maydonida turar joy binolari qurilişini hujjatlaştirib berişni vaʼda qilgan. U boşqa bir fuqaroni Kadastr agentligida işlovçi mansabdor tanişlariga pora orqali turar joy binolari qurilişini hujjatlaştiriş hamda kelgusida uşbu hududda turar joylar qurişga ruxsat olib berişiga işontirgan.
Buning evaziga murojaatçidan dastlab 100 ming dollar, keyinçalik yana 740 ming dollar, jami 840 ming dollar talab qilgan.
Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda u 100 ming dollarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Samarqandda avtomobil skuterni urib yuborişi oqibatida ayol va bola halok böldi
Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida odamlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi.
Kun.uz’ning aniqlaşiça, 9-oktabr kuni tumanning Mirkan mahallasida yaşovçi erkak skuterni boşqarib borayotib, Cobalt maşinasi bilan töqnaşgan. Bu paytda skuterda erkakning turmuş örtoği va nabirasi ham bölgan. YTH oqibatida 57 yoşli S.A. va uning 2 yoşli nabirasi X.H halok bölgan. Skuter boşqaruvidagi şaxs tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Hozir uning ahvoli oğir ekani aytilmoqda.
IIB maʼlumotiga köra, Cobalt haydovçisi Mirkan – Misit yönalişida harakatlanayotgan vaqtda yölning öng tomonidan tösatdan çiqib qolgan velosipedçini urib yubormaslik uçun rulni çapga burgan. Oqibatda boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va elektroskuter bilan töqnaşgan.







