Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Baron”ning yopiq premerasidan so‘ng: taassurotlar va xulosalar
Kecha, 16 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “o‘zbek kinosini tanqiddan qutqardigan film” deya baholanayotgan “Baron” filmining jurnalistlar va san'atkorlar uchun premerasi bo‘lib o‘tdi. Shu vaqtga qadar kartina atrofida juda ko‘p shov-shuvlar paydo bo‘ldi. U haqdagi xabarlarda kartinaga “o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan o‘tkir syujyetli kriminal janrda suratga olingan ilk film”, “O‘zbekistonda birinchi marta 4K formatida ishlangan kino”, “Gollivud kinoaktyori o‘zbek filmida suratga tushdi”, kabi istilohlar qo‘llanildi. To‘g‘risini aytsak, bu kabi shov-shuvlarning qaysidir biriga ishongan bo‘lsak, qaysilarigadir shubha bilan qaradik ham. Biroq film boshlangan birinchi lahzalardanoq diqqat-eʼtiborimiz unga qadaldi.
Film butun insoniyatning boshiga katta balolarni solayotgan narkobiznes to‘g‘risida. Odatda bu mavzudagi kinolar, ustiga-ustak u davlat buyurtmasi asosida olingan bo‘lsa, tomoshabinlarni u qadar o‘ziga jalb qila olmaydi. Har qanday zehnli tomoshabin xayolan voqealar rivojini jonlantirishi mumkin. Ammo bu safar ssenariy muallifi Shoira G‘iyosova va postanovkachi rejissyor Rustam Sa'diyev butunlay boshqa yo‘ldan borishdi. Avvalo, har bir rolga shu qadar munosib nomzodlar tanlanganki, ular o‘z vazifasini qoyilmaqom qilib uddalay olgan, deb aytishimiz mumkin. Ikkinchidan, kartinada kutilmagan burilishlar, kishini beixtiyor hayajonga soladigan daqiqalar juda ko‘p, xullas, e'tirozlarga imkon qadar o‘rin qoldirilmagan. Har bir sahnada qahramonlarning keyingi taqdiri jumboqligicha qoladi. Ushbu kartinada sevgi-muhabbat, mehr-oqibat, Vatanga bo‘lgan yuksak sevgi, giyohvandlik, odam savdosi, qotillik singari bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar ustalik bilan singdirilgan. Qaysidir sahnada ko‘zingizda yosh miltillasa, qaysidir qismida beixtiyor mushtingiz yig‘iladi, yana bir joyida esa qalbingiz g‘urur va iftixorga to‘ladi. Uni katta ekranda, ko‘pchilik bilan ko‘rsangiz, ba'zi o‘rinlarda gulduros qarsak chalasiz ham.
Film haqidagi qisqacha taqrizimizdan uni jahon premeralari darajasida mukammal ishlangan ekan, degan xayolga bormasligingizni so‘rar edik. Ehtimol, unda biz ilg‘ashga ojizlik qilgan xato va kamchiliklar ham bordir. Balki bugungi kundagi o‘zbek kinosining badiiy va texnik saviyasi, “Baron” uchun ajratilgan byudjyetdan kelib chiqqan holda unga baho berayotgandirmiz. Ammo nima bo‘lganda ham, kartina o‘zbek kinosida o‘sish borligini, o‘zbek kino ijodkorlari ham jahon ekranlariga olib chiqishga arziydigan filmlarni ishlashga qurbi va salohiyati yetarli ekanidan dalolat bermoqda.
Voqealar rivoji to‘g‘risida to‘xtalib o‘tirmaymiz, yaxshisi ushbu kinoni o‘zingiz tomosha qiling va xulosangizni chiqaring. Ishonchimiz komilki, uni ko‘rish uchun sarflagan vaqtingizga achinmaysiz.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025