10-oktabr kuni Ar-Riyod xalqaro aeroportiga husiyçilar uyuştirgan hujum oqibatida kamida 12 kişi halok böldi va yuzlab insonlar jarohatlandi. Bu holat Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiyçilar va Saudiya boşçiligidagi koalitsiya örtasida harbiy harakatlar kuçayayotgan bir paytda yuz berdi.

Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyatining maʼlum qilişiça, halok bölganlar orasida tört nafar Saudiya Arabistoni fuqarosi, ikki nafar Bangladeş fuqarosi bor. Şuningdek AQŞ, Iordaniya, Falastin, Suriya, Sudan va Misrdan bir nafardan fuqaro halok bölgan. Sönggi maʼlumotlariga köra, jami 309 kişi jarohatlangan.

Holatdan xabardor şaxslarning Reuters'ga aytişiça, şifoxonalar tez yordam maşinalari va vertolyotlarda keltirilgan yaradorlar bilan tölib ketgan. Ularning ayrimlari oğir ahvolda.

Şanba kuni Ar-Riyoddagi barça reyslar boşqa yönalişlarga burib yuborildi va qariyb 8 million aholiga ega şaharga xizmat körsatuvçi aeroport faoliyati vaqtinça töxtatildi.

Husiyçilar media ofisi rahbari hujumdan söng ular "Ar-Riyod xalqaro aeroportini yopib qöyganini" aytdi. Duşanba kuni husiyçilar yölovçi samolyotlari Saudiya Arabistoni havo hududini aylanib ötişlari kerakligini aytib, uşbu hududni harbiy operatsiyalar zonasi deb eʼlon qilgandi.

Guvohlarning sözlari

Uşbu zarbalar podşohlikda ön yildan ortiq vaqt içida eng köp qurbonlar berilgan hujum böldi va ogohlantirişsiz yuz berdi. Xususan, Saudiya Arabistonining xavf haqida ogohlantiriş tizimi işga tuşmadi. Şu hafta Qirol Xolid xalqaro aeroportiga qilingan oldingi ikkita hujum oqibatida tört kişi halok bölgan