Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Uzoq Sharqda odamlarga yerni bepul taqdim qilish haqidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolariga Uzoq Sharq mintaqasidagi yer maydonlaridan bepul foydalanishni taqdim qiluvchi qonunni imzoladi. Hujjat 2 mayda huquqiy axborot internet portalida chop etildi.
Endi har bir rossiyalik davlat yoki munitsipal mulkchilikda bo‘lgan, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Kamchatka, Primore va Xabarovsk o‘lkalarida, Amur, Magadan va Saxalin viloyatlarida, Yahudiy avtonom viloyati yoki Chukotka avtonom okrugida joylashgan, bir gektardan katta bo‘lmagan o‘lchamdagi yer maydonidan 5 yil muddatga bepul foydalanish huquqidan foydalanishi mumkin.
5 yil tugagandan keyin maydonni ijaraga olish yoki sotib olish mumkin bo‘ladi. Foydalanishga olingan yerni sotib olish-sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Uni, shuningdek, ijaraga yoki xorijliklarga yoki ular ishtirokida yaratilgan kompaniyalar hamda fuqaroligi yo‘q shaxslarga berib bo‘lmaydi.
Ushbu qonun rasman chop etilgandan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu qonun loyihasi Putin topshirig‘i bilan ishlab chiqilgan. So‘rovnomalarga ko‘ra, Uzoq sharqliklarning 63 foizi yerning bepul berilishi mintaqada turmush darajasini oshiradi, deb hisoblamoqdalar.
Mart boshida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi auksionlarda sotilmay qolib ketgan yog‘ochni aholiga bepul tarqatishni taklif qilgandi.