Kataloniyaning «Barselona» klubi boş murabbiyi Luis Enrike mavsum yakunlangaç jamoani tark etmaydi. Bu haqda Sport.es internet-naşri xabar tarqatdi.

Manbaga köra, 45 yoşli mutaxassisning klub bilan tuzgan amaldagi şartnomasi 2017 yilning yoziga qadar möljallangan va u şartnoma şartlarini töliq ado etiş istagida bölib turibdi. U bu haqda barça öziga yaqin bölgan kişilarni ogohlantirgan.

Enrike Kataloniya klubining yetakçi futbolçilari bilan kelgusi mavsum borasida gaplaşib olgan va rejalari bilan örtoqlaşgan.

Eslatib ötamiz, «Barselona» Enrike bilan ötgan yilning yozida şartnomasini uzaytirgandi. Murabbiyning nafaqat maoşi oşirilgan, balki jamoaning transferlar tizimiga özi mas'ul etib tayinlangandi.