"Lester" jamoasi futbolchilari chempionlikni nishonlashayotganida jamoa hujumchisi Jyeymi Vardi bilan qiziq vaziyat yuzaga keldi.

The Sun xabariga ko‘ra, jamoa avtobusiga Vardiga quyib qo‘ygandek o‘xshovchi qiyofadoshi kirib kelgan. Ma'lum bo‘lishicha u Lesterda yashovchi 29 yoshli pochtalon Li Chempen hisoblanadi.

Ushbu yigit ham "tulkilar" jamoasi muxlisi bo‘lib, Vardi u bilan bajonidil suratga tushgan. Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.