09:17 / 05.05.2016
3923

AQShda samolyotning suvburgut bilan to‘qnashishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani ma'lum bo‘ldi

AQSh fuqarolik aviatsiyasining samolyoti va oq boshli suvburgut (orlan) to‘qnashishi oqibatida insonlar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Cessna 172 samolyoti 20 aprelda Alyaska shtatidagi Ankorij shahri yaqinida yerga qulagan edi. Falokat oqibatida samolyot bortidagi 4 kishi halok bo‘lgandi. Guvohlarning aytishicha, bu mamlakat tarixida havo kemasining suvburgut bilan to‘qanishishi oqibatida isonlar halok bo‘lgan birinchi holatdir.

Ta'kidlanishicha, AQShda avval ham bu qush bilan samolyotlarning to‘qnashishi holatlari yuz bergan, biroq bunday noxush voqealar faqatgina jiddiy jarohatlarga olib kelgandi, ularda insonlar halok bo‘lmagandi. 

Mutaxassislarning aytishicha, falokat joyida qushning patlari topilgan. Aynan shu holat falokat sabablarini o‘rnatishga imkon bergan.

Top