Bugun, 5 may kuni FIFA terma jamoalarning navbatdagi reyting jadvalini e'lon qildi. Avvalgi va bu galgi reytinglar oraliğida terma jamoalar rasmiy va örtoqlik öyinlari ötkazmagani bois, jadvalda deyarli özgariş bölmagan.
Jumladan, Özbekiston terma jamoasi hamon 66-örinni band etib turibdi. Terma jamoa hisobidagi oçkolar soni ham özgarmagan — 549 ball. Jamoa hamon Osiyoning oltinçi jamoasi bölib turibdi.
Osiyo jamoalari orasida Janubiy Koreya termasi 2 poğona kötarildi va 54-örinni band etdi. JÇ-2018 saralaşining 3-bosqiçida Özbekiston bilan bir guruhdan örin olgan boşqa terma jamoalar quyidagi örinlarni band etib turibdi: Eron — 42-örin (özgarmagan), Xitoy — 81, Qatar — 83, Suriya — 110.
Reytingning yuqori qismida ham özgariş yöq. Argentina jahonning birinçi raqamli terma jamoasi bölib turgan bölsa, Belgiya va Çili ikkinçi va uçinçi örinlarni band etgan. Keyingi poğonalarni Kolumbiya, Germaniya, Ispaniya, Braziliya, Portugaliya, Urugvay, Angliya terma jamoalari egallab turibdi.
Reyting jadvalining töliq körinişi bilan FIFA rasmiy saytida tanişiş mumkin.










