Ispaniyaning "Real" va "Atletiko" jamoalari muxlislariga Çempionlar ligasi finali uçun 20 mingtadan çipta ajratiladi. Bu haqda As xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga köra, final uçraşuvi çiptalari narxlari 70 yevrodan 440 yevrogaça böladi.

YeÇLning finali 28 may kuni Milandagi "San-Siro" stadionida bölib ötadi. Bu stadion 80 ming tomoşabinni siğdira oladi. 2000/01 yilgi mavsumda ham YeÇL finali aynan şu stadionda ötkazilgan, öşa uçraşuvda "Bavariya" öyindan keyingi penaltilar seriyasida "Valensiya"ni mağlubiyatga uçratgandi. Öşanda "Bavariya" va "Valensiya" muxlislari uçun 23 mingtadan çipta ajratilgandi.

Bundan oldin ham "Real" va "Atletiko" jamoalari YeÇL finalida töqnaş kelişgan, 2013/14 yilgi mavsumdagi finalning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangaç, "Real" qöşimça bölimlarda 3ta gol urib 4:1 hisobida ğalaba qozongandi.