«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni keyingi mavsum uçun ham jamoa boş murabbiyi lavozimida qoldirişga qaror qilgan. Bu haqda As xabar tarqatgan.
«Florentino bu böyiça bir neça hafta oldin qaror qabul qilib bölgan. Bu jamoaning YeÇL finaliga çiqişi bilan boğliq emas», – deya ma'lumot bergan madridliklar klubi prezidentiga yaqin manba.
Qayd etilişiça, Peresga jamoada Zidan boşqaruvidan keyin yuzaga kelgan muhit ma'qul kelgan.
«Zidan «Atletiko»dan qabul qilingan mağlubiyatdan keyin qiyin davrni boşdan keçirişiga töğri keldi. Ammo Peres murabbiyning matonatidan yaxşi taassurot olgan va uning jamoani oğir vaziyatdan olib çiqqanini qadrlaydi», – deydi manba.
Eslatib ötamiz, şu yilning boşida Zidan Rafael Benites jamoa bilan qayd etgan qoniqarsiz natijalar tufayli uning örniga mavsum oxirigaça boş murabbiy sifatida tayinlangan, mavsum oxirida u bilan 2019 yilgaça bitim tuzilişi mumkinligi aytilgandi.










