62 yoshli murabbiyga terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Saralash bosqichida serbiyaliklar D guruhida Uels, Avstriya, Irlandiya, Moldaviya va Gruziya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Muslin o‘z vaqtida Rossiyadagi "Lokomotiv" (2006), "Ximki" (2007-2008), "Krasnodar" (2011-2013) va "Amkar" (2014) jamoalarida ishlagan.

Muslin ishlagan so‘nggi klub Belgiyaning "Standard" jamoasi bo‘lib turgandi, rahbariyat uni 2015 yilning avgustida 2 oylik faoliyatdan keyin qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqargandi.