Qayta xatlov davomida korxonalarning işlab çiqariş quvvatlari, donni qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqariş hajmlari, ombor va saqlaş quvvatlari, şuningdek, muvofiqlik sertifikati hamda sanitariya-epidemiologik xulosaning mavjudligi kabi körsatkiçlar örganildi.

Xatlov natijalariga köra, respublikada un işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanuvçi 301 ta tadbirkorlik subyekti mavjudligi aniqlandi.

Şundan 49 tasi öz işlab çiqariş quvvatlariga ega bölmasdan davlat şartnomalari asosida faoliyat yuritişi, 22 tasi vaqtinça işlamayotgani, 6 tasining faoliyati töxtatilgani, 42 tasida muvofiqlik sertifikati va 8 tasida sanitariya-epidemiologik xulosa mavjud emasligi maʼlum böldi.

Raqobat qömitasi tomonidan Jamğarma buğdoyini xarid qilgan korxonalar tomonidan undan maqsadli foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda mazkur sohadagi tartibga soliş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan takliflar tegişli instansiyalarga kiritildi.