Dasturning ilk manzili Serbiya Milliy muzeyi boʻldi. Birinchi xonimlar muzey ekspozitsiyasi bilan tanishib, unda mamlakat tarixiga oid arxeologik topilmalar, shuningdek, serb va jahon sanʼati asarlarini koʻzdan kechirdilar. Shu bilan birga, oliy martabali mehmonlar «Etno-mreja» anʼanaviy hunarmandchilik koʻrgazmasi bilan ham tanishdilar.

photo_2026-09-08_20-08-09
Foto: Telegram / Ziroat Mirziyoyeva

Mamlakatning eng muhim milliy yodgorliklaridan biri - serb kirill yozuvining eng qadimiy namunasi hisoblangan Miroslav Injiliga alohida eʼtibor qaratildi. XII asrga oid ushbu noyob qoʻlyozma yuksak badiiy qiymatga ega boʻlib, uning miniatyuralari mahorat bilan bezatilgan. 2005-yilda Miroslav Injili YUNESKO «Jahon merosi» xalqaro reyestriga kiritilgan.

photo_2026-09-08_20-08-07 (2)
Foto: Telegram / Ziroat Mirziyoyeva
Shundan soʻng Birinchi xonimlar dunyodagi eng yirik pravoslav ibodatxonalaridan biri va Serbiyaning muhim maʼnaviy ramzi boʻlgan Avliyo Savva cherkoviga tashrif buyurdilar.Samimiy muloqot chogʻida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar.
Foto: Telegram / Ziroat Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Ziroat Mirziyoyeva