«Lester» jamoasi direktorlar kengaşir raisi Ayyavatt Şrivaddanaprabxaning ma'lum qilişiça, uning jamoasi yozgi transferlar vaqtida Riyoz Mahrez uçun bildiriladigan takliflarni qabul qilmaydi, futbolçi ham rahbariyatga boşqa jamoaga ötişni istamasligi haqida aytgan.

«Istaymanki, futbolçilar hozirgi lahzalardan rohat olişsin va öz şartnomalari xususida xavotirlanişmasin. Ular endi maşhur yigitlar va ular vaziyatni töğri his qilişadi. Men Mahrez bilan gaplaşdim. Undan kelajakdagi rejalari haqida, boşqa kattaroq jamoaga ötiş niyati bor yoki yöqligi xususida söradim. U javob berdi: „Yöq, men şu yerda qolişni istayman“. Riyoz „Lester“da öynaşda davom etişni istayotganidan xursandma.

Jamoalar futbolçilarimiz uçun takliflar yuborişi mumkin, ammo bizda pul bilan boğliq muammolar yöq va biz öz yetakçilarimizni berib yuborişni istamaymiz. Çempionlar guruhini töliqligiça saqlab qolişga va tarkibni yanada kuçaytirişga harakat qilamiz», — deya «tulkilar» jamoasi rahbarining sözlarini keltiradi Goal portali.

Bundan oldinroq, joriy mavsumning eng yaxşi futbolçisi sifatida e'tirof etilgan bu jazoirlik futbolçiga Angliya va Ispaniyadagi grand jamoalardan qiziqişlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.