Misr poytaxti Qohirada sodir bölgan yirik yonğin oqibatida 3 kişi halok böldi va 91 kişi jarohat oldi. Bu haqda Misr soğliqni saqlaş vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Al-Ahrom" gazetasi yangiliklar portali ma'lum qildi.
Tez tibbiy yordam xizmati boşliği Ahmad al-Ansoriyning aytişiça, şifoxonaga 40 kişi yetkazilgan, yana 51 kişiga voqea joyida yordam körsatilgan. Ulardan köpçiligi is gazidan zararlangan.
Ma'lumotlarga köra, yonğin Qohiraning markaziy qismidagi qadimiy tumanda joylaşgan, gavjum Ataba savdo dahasida dökonlar va kiyim-keçak omborxonalarida yarimtundan keyin boşlangan. Söngra olov qöşni binolarga, jumladan 6 qavatli Andalusia mehmonxonasiga ötgan. Mehmonxonada töxtaganlarning barçasi zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Şahar hokimiyati yonğinni öçiriş uçun 30 ta fuqarolik mudofaasi brigadasi va 5 ta öç öçiriş maşinasini jalb qilgan.
Öç öçiruvçilar yonğinni 8 soatdan keyingina öçira olişgan, yaqin oradagi önlab dökonlar, savdo pavilonlari va mahalliy savdogarlarning omborlari butkul yoki qisman vayron bölgan. Ulardan köpçiligi öz mahsulotlarini saqlab qoliş paytida is gazidan zaharlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, yonğinga elektr ta'minotidagi qisqa tutaşuv sabab bölgan.










