Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik haydovchi qiz navigatorga ishonib ko‘l ichiga kirib ketdi
23 yoshli kanadalik qiz o‘z mashinasida GPS-navigatorining noma'lum hududdagi ko‘rsatkichiga tayanib Guron ko‘lidagi Jorjian-Bey ko‘rfaziga kirib ketdi. Qiz oynadan sakragan holda mashina ichidan tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan, uning qizil Toyota’si esa g‘avvoslar yordamida olib chiqilgan.
Kanadalik qiz muzdek suvda 100 fut (30 metr) atrofidagi masofani suzib o‘tishga majbur bo‘lgan va telefoni mashinada qolgani uchun mahalliy mehmonxonaga kelib, tez yordam chaqirgan.

Avtomobil qayta tiklanmaydigan holatga kelganligi ma'lum bo‘ldi, uning egasiga esa hech qanday ziyon yetmagan.
Guvohlarning so‘zlariga va suratdagi tasvirlarga ko‘ra, kechki vaqtga yaqin ko‘rish qobiliyati pasayishi va bu hududdagi suv yetarlicha keng bo‘lgani tufayli uni ko‘cha deb o‘ylash mumkin.

Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026