08:28 / 15.05.2016
33441

Turkiya prezidenti kenja qizini hashamatli tarzda uzatdi

Istanbulning g‘arbiy qismida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kenja qizi –  Sumayo Erdo‘g‘an va uning qallig‘i, mamlakatning eng yirik mudofaa-sanoat korxonalaridan biri, dronlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Baykar" kompaniyasi aksiyadori Selchuk Bayroqdorning hashamatli to‘yi bo‘lib o‘tdi.

To‘y Qur'on tilovat qilish bilan boshlandi. To‘y marosimiga 6 ming kishi taklif etildi. Marosim qo‘riqlash xizmatining sinchkov kuzatuvida bo‘lib o‘tdi, chunki to‘yda ko‘plab yuqori lavozimli mansabdor shaxslar ishtirok etdi.

To‘yga taklif etilgan orasida Turkiyaning sobiq bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu, mamlakat bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar, Turkiyaning sobiq prezidenti Abdulla Gul, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif va hattoki Livanning o‘ldirilgan bosh vaziri Rafiq Haririyning ikkinchi o‘g‘li, milliarder va siyosatchi Saad Haririy ham bo‘ldi.

Boku OAV to‘yga Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham taklif etilganini ma'lum qilgandi, biroq uning to‘yda ishtirok etgan-etmagani haqida hozircha hech narsa ma'lum qilinmadi.

Sumayo Erdo‘g‘anning turmush o‘rtog‘i mudofaa sohasida yirik korxonaga ega. "Baykar" uchuvchisiz parvoz qurilmalari va yuqori aniqlikdagi texnikani ishlab chiqaradi. OAVning yozishicha, Selchuk Bayroqdor a'lo darajadagi ma'lumotga ega va uning Turkiya prezidenti qiziga uylanishi "ancha ko‘tarilishiga", jumladan siyosiy sahnada, olib kelishi mumkin.  

Erdo‘g‘anning katta qizining turmush o‘rtog‘i Albayroq Barat ham prezident oilasi bilan qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lanib, mansab pillapoyalari bo‘ylab ancha ko‘tarilgan. Barat hozirda Turkiya energetika vaziri hisoblanadi. Xalqaro hamjamiyat uni IShID bilan yonilg‘i biznesi olib borishda ayblab keladi. Shuningdek, Barat mamlakat bosh vaziri lavozimiga asosiy nomzodlardan hisoblanadi.

Top