Hisobotga ko‘ra, 1951-1980 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1 foizdan ko‘proqqa chetlatish 6 oydan beri qayd qilinmoqda va keyin ham oshib boradi. Agentlikda oxirgi 12 oy barcha harorat rekordlarini yangilashi aytilmoqda. 

"Bu tashvishlantiradi. Men keyin nima bo‘lishini bilmayman. Biz El-Nino vaziyatga ta'sir qilishini tushungandik, biroq kimdir bunday sakrash bo‘lishini kutmagandi", deb meteorolog Erik Xoltxaus aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi The Independent nashri.

Olim global harorat oxirgi yili 1880-yillardan beri olib borilayotgan kuzatuvlar davomidagi isish darajasidan 25 foizga oshganini aytdi. Meteorolog rekord darajadagi yuqori harorat 4 oydan 6 oygacha hukm surishini prognoz qilmoqda.