Husiylar qurolli kuçlari öz bayonotida Saudiyaning Yamanga qarşi qamaliga javoban «jinoyatçi duşmanga nisbatan 'közga közʼ tamoyiliga asoslangan dengiz embargosi darhol kuçga kirişi»ni ta’kidlagan.

2014 yilda Yaman poytaxti Sanoni egallab olgan uşbu guruh Saudiya rahbarlarini deyarli 12 yildan beri «nohaq va zolimona qamal» örnatganlikda, «portlari va aeroportlariga quruqlikdan, dengizdan va havodan har tomonlama blokada örnatganlikda» aybladi.

Husiylar, şuningdek, «barça ssenariylarga töliq tayyor» ekanliklarini bildirişdi va Saudiyaning «har qanday ahmoqona» harakatiga «har tomonlama va qat’iy» javob berilişi haqida ogohlantirişdi.

2026-07-22 09.04.23
Foto: Reuters
Foto: Reuters Husiylar kuçlari Sanoda

Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi bu ayblovlarni qoraladi va öz kemalarini himoya qiliş uçun «barça zarur çoralar» körilişini

bildirdi

.

Blokada haqidagi e’londan söng, Yamandagi Saudiya boşçiligidagi koalitsiya ham husiylarga kuç bilan javob berişini bildirdi. Şuningdek, Hörmuz böğozi amalda yopilgaç, Saudiya nefti eksporti uçun asosiy yönalişga aylangan Bob al-Mandab böğozi orqali harakatlanayotgan kemalar himoyasi uçun çoralarni amalga oşirişni boşlangan.

Uşbu e’lon husiylar Sano aeroportiga qilingan hujumda Saudiya Arabistonini ayblaganidan bir neça kun ötib paydo böldi. Vaholanki, Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati Eron samolyotining poytaxtga qönişiga yöl qöymaslik maqsadida uşbu hujum uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olgan edi.

2026-07-22 09.07.04
Foto: AP Photo

Şu bilan birga uşbu keskinlaşuv – AQŞ harbiylari uçun uruşning eng köp talafot keltirgan davrlaridan biridan söng yuz bermoqda.

Husiylar bu bayonotni Tehron va Vaşington örtasida hujumlar zanjirini töxtatiş uçun diplomatiyani qayta tiklaş belgilari paydo bölganiga qaramay berişdi. Eron Taşqi işlar vazirligi şu kunlarda vositaçilar Tehronga «takliflar» taqdim etganini ma’lum qilgandi. Ular diplomatik aloqalar faol ekanini bildirdi, ammo tafsilotlarni oçiqlamadi.