Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifi davomida A-373 va Toşkent katta xalqa yöllari kesişmasida barpo etilgan yangi yöl ötkazgiçni közdan keçirdi.
Mazkur inşoot transport oqimini samarali taşkil etiş, yöl harakati xavfsizligini oşiriş, tirbandliklarni kamaytiriş hamda Toşkent şahri bilan Nurafşon örtasidagi qatnov vaqtini 10-15 daqiqaga qisqartirişga xizmat qiladi.
Bektemir va Örta Çirçiq tumanlari tutaşgan hududda 14,1 gektar maydonda barpo etilgan loyihaning qiymati 240 milliard sömni taşkil etdi. Ob’yekt tarkibida uzunligi 66 metr, kengligi 46 metr bölgan köprik, 450 metrlik yer osti avtomobil yöli, ikkita ortga qayriliş yölagi, törtta yer osti piyodalar ötiş yölagi va 950 metrlik aylana halqa yöli qurildi. Şuningdek, 9,5 kilometr piyoda va veloyölaklar, sakkizta jamoat transporti bekati, 240 ta taşqi yoritiş çiroği hamda 6 kilometr yöl tösiqlari barpo etildi.

Yangi ob’yektning işga tuşirilişi natijasida yönalişning kunlik ötkazuvçanlik quvvati bir neça barobarga oşib, 130 mingta avtotransport vositasiga yetadi. Bu esa poytaxt va Toşkent viloyati örtasidagi transport aloqalarini yanada yaxşilaş, tirbandliklarni bartaraf etiş hamda aholi uçun qulay harakatlaniş şaroitini yaratişga xizmat qiladi.

Prezidentimizga loyihaning texnik yeçimlari, transport oqimini boşqariş imkoniyatlari hamda kelgusida Toşkent – Nurafşon yönalişida tezyurar avtobuslar tizimini (BRT) yölga qöyiş böyiça rejalar haqida ham axborot berildi.













