14:47 / 17.05.2016
20196

Bitiruvchi o‘quvchilardan imtihonlar va o‘qituvchilarga sovg‘alar uchun pul yig‘ish taqiqlanmoqda

Xalq ta'limi vazirligi maktab bitiruvchilaridan imtihonlar yoki boshqa tadbirlar uchun pul mablag‘lari yig‘ish, maktab rahbarlari yoki o‘qituvchilarga sovg‘alar taqdim qilishni taqiqlagan. Bu haqda "Zarafshon" gazetasi Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i B.Sattorovga asoslanib xabar bergan

Uning ma'lum qilishicha, joriy yilda viloyat maktablarida 9-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari maktab hovlisidagi ochiq maydonlarda ko‘pi bilan bir soat davomida o‘tkaziladi.

O‘quvchilarning bitiruv kechalarini uyushtirishi qat'iyan man etilgan. 

Bunday tadbirlarning oldini olish uchun barcha ta'lim muassasalari mutasaddilariga topshiriqlar berilgan.

O‘qituvchilar, sinf rahbarlari hamda maktab direktorlaridan "kafolat xat"lari olinmoqda.

Bundan tashqari, tadbirlarning tartibli o‘tishini ta'minlashga faqat o‘qituvchilargina emas, balki ota-onalar, mahalla faollari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ham jalb qilinadi.

Top