Har bir tasvirda Chandra observatoriyasi töplagan rentgen maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ular boşqa yer usti va kosmik teleskoplar, jumladan, James Webb hamda Hubble kuzatuvlari bilan birlaştirilgan.
Şu sababli töplamdagi tasvirlar oddiy fotosuratlar emas: ular turli diapazonlarda olingan maʼlumotlarni bir manzarada körsatadi.
Astronomlar galaktikalarni asosan spiral, elliptik va notöğri şaklli turlarga ajratadi. Somon yöli spiral galaktikalar qatoriga kiradi. Elliptik galaktikalar köpinça keksa yulduzlarga boy bölib, ularning şakllanişida galaktikalar qöşilişi muhim örin tutişi mumkin. Notöğri şaklli galaktikalarda esa aniq spiral tarmoqlar yoki muntazam tuziliş kuzatilmaydi.
1. NGC 1672 - yorqin markaz va spiral tarmoqlar

Bu spiral galaktikaning markazi oq va yorqin puşti tuslarda ajralib turadi. Markaziy tösiqsimon tuzilma gazning yadro tomon oqişiga yordam beradi. Uzunroq spiral tarmoqlar böylab esa oq va puşti yoruğ nuqtalar körinadi.
2. II Zw 096 - koinotdagi «feyerverk»

Çang bilan öralgan bu tizimda galaktikalar qöşilmoqda va yulduzlar jadal şakllanmoqda. Qizil, töq sariq, oq va puşti hududlar aralaşib, manzara portlaş paytida suratga olingan muşakbozlikni eslatadi.
3. Messier 33 - puşti-binafşa spiral

Tasvirda galaktikaning ingiçka, nisbatan xira spiral tarmoqlari puşti va binafşa tuslarda körinadi. Ular böylab köplab yoruğ nuqtalar joylaşgan.
4. NGC 4258 - qora tuynuk taʼsiri körinadigan galaktika






























