AQŞ prezidentligiga respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan milliarder Donald Tramp EgyptAir aviakompaniyasining A320 rusumli samolyoti Örta Yer dengizi hududida qulab tuşişini navbatdagi terakt amalga oşirilişi sifatida baholadi. Bu haqda u özining tvitterdagi sahifasida yozgan.
"Bu voqeaga navbatdagi terakt sifatida qarayman. Samolyot Parijdan parvoz qilgandi. Qaçon biz özimizni bu muammoga nisbatan kerakliça tutamiz? Bunga aql bilan qaraş kerak va ogohlikni unutmaslik lozim", deya qayd etgan Tramp.
Bundan oldinroq, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov ham bu hodisa terakt tufayli sodir bölgani ehtimoli haqida gapirib ötgandi.
Parijdan Qohiraga parvozni amalga oşirgan EgyptAir samolyoti Örta Yer dengizi hududida, Gretsiya havo hududidan Misr havo hududiga ötganida dengizga qulagan. Uning bortida jami 66 kişi bölgan.







