Yaqinda taşkil etilgan Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining ilk qadami “Alişer Navoiy va XXI asr” mavzuiga bağişlangan respublika ilmiy-amaliy anjumanidan boşlandi.

Anjumanning oçiliş marosimida sözga çiqqan universitet rektori Şuhrat Sirojiddinov, Özbekiston qahramoni, professor Suyima Ğaniyeva va boşqalar Özbekiston prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 13 mayda qabul qilingan “Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetini taşkil etiş töğrisida”gi farmoni jamiyat hayotida ulkan ijtimoiy voqelik bölganini alohida ta'kidladi. 

Mazkur hujjatda qayd etilganidek, buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy umumbaşariyat madaniy xazinasidan munosib örin olgan ölmas asarlarini aynan ona tilida yaratib, uning şuhratini butun dunyoga tarannum etdi.

Aytiş joizki, Özbekistonda özbek tili va adabiyotining özbek xalqi, jamiyat ma'naviy rivojida, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan örni va roli bilan boğliq dolzarb mavzularda muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oşirilmoqda, köplab luğat va qomuslar, risola va darsliklar naşr etilmoqda. Özbek tili va adabiyoti böyiça mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş, mazkur yönalişda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş masalalariga katta e'tibor berilmoqda.

Yuksak saviyada va ğoyat sermazmun ötgan anjumanda filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning “Alişer Navoiy ensiklopediyasi”ni yaratiş tamoyillari”, Nasimxon Rahmonovning “Alişer Navoiy adabiyotni qanday davrlaştirgan?”, Nafas Şodmonovning “Navoiy asarlari nomlari xususida ba'zi mulohazalar”, navoiyşunos olim Anvar Tursunovning “Alişer Navoiy ijodida ta'lim-tarbiya masalalari” mavzuidagi ma'ruzalari barçada katta qiziqiş uyğotdi.

Anjuman öz işini “Alişer Navoiyning ilmiy merosi va matnşunoslik masalalari”, “Alişer Navoiyning adabiy merosi va tarjimai holi bilan boğliq masalalar”, “Tilşunoslik, uslubiyat va adabiy ta'sir masalalari” şö'balarida davom ettirdi.