MUGEM qurilişi 2025-yil yanvardan Istanbul harbiy-dengiz kemasozlik zavodida olib borilmoqda. Uni suvga tuşiriş dastlabki rejaga köra, 2027-yil sentabrga möljallangan. Flotga topşiriş yoki safga kiritiş esa 2032-yilda kutilmoqda.
MUGEM qisqartmasi turkça Milli Uçak Gemisi - «milliy aviataşuvçi» nomidan olingan. Kema mustaqil loyiha asosida yaratilmoqda va mavjud TCG Anadolu universal desant kemasining özgartirilgan varianti hisoblanmaydi.
285 metrlik kemaga 2500 kişi joylaşadi
Loyihaga köra, aviataşuvçining uzunligi 285 metr, eni 72 metr, suvga botiş çuqurligi esa 10,1 metr böladi. Töliq suv siğimi taxminan 60 ming tonnani taşkil etadi - bu TCG Anadolu körsatkiçidan qariyb 2,2 baravar katta.
Kemaning maksimal tezligi soatiga 48 kilometrdan oşişi, suziş masofasi esa 18 500 kilometrga yetişi közda tutilgan.
Bortda asosiy ekipaj, uçuvçilar, texnik mutaxassislar va xizmat körsatuvçi xodimlarni qöşib hisoblaganda, 2500 kişigaça joylaşişi mumkin.
Harbiy yurişlarda aviataşuvçiga esminetslar, fregatlar va suvosti kemalari hamrohlik qilişi rejalaştirilgan. MUGEM zamonaviy havo hujumidan mudofaa vositalari bilan ham jihozlanadi.
Qanday samolyot va dronlar joylaştiriladi?
Aviataşuvçi 50 dan ortiq turli uçiş apparatini olib yurişi mumkin. Uning aviaguruhi asosini Turkiyaning Hürjet öquv-jangovar samolyoti taşkil etişi ehtimol qilinmoqda. Hozir uşbu samolyotning palubaga mos versiyasi işlab çiqilmoqda.
Şuningdek, quyidagi uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş rejalaştirilgan:
Kızılelma reaktiv hujumkor droni;
Anka-3 uçuvçisiz apparati;
Bayraktar TB3 droni.
Turkiya Kaan qiruvçisining aviataşuvçidan uçib, uning palubasiga qöna oladigan variantini ham işlab çiqişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq bu maʼlumotlar tasdiqlanmagan.
Kemaning energetik qurilmasi har biri taxminan 23 megavatt quvvatga ega törtta GE LM2500 gaz turbinasidan iborat bölişi közda tutilgan. Past tezlikda energiya sarfini samarali boşqariş uçun elektr yuritma elementlari ham nazarda tutilmoqda.

















