Jamiyat | 15:09 / 26.05.2016
36002
1 daqiqa o‘qiladi
Aziz Rametov qanday qizga uylanmoqchi ekanligini ma'lum qildi
Aktyor va xonada Aziz Rametov yoshligidan harbiy bo‘lishni istagani, shu bois harbiy litseyini tamomlagani haqida aytib o‘tdi. Aktyorning aytishiga qaraganda harbiy sohada olgan bilimi san'atda ham asqotib, 1991 yil Tojikistonda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida suratga olingan filmda ham yordam bergan. Bu Sabo.uz saytida joylangan videolavhadagi suhbat orqali ma'lum bo‘ldi.
Videolavhadagi suhbat davomida Aziz Rametov “Bilasizmi” degan gapni kundalikda ko‘p bora ishlatishini, o‘ziga yoqmaydigan kechikish, kuttirish odati borligini ta'kidlab, bu haqda muxlislari bilishini istamagan.
Qachon uylanishi bilan bog‘liq berilgan savolga esa, unga birinchi bo‘lib sevgi izhori qilgan qizga uylanishini aytib o‘tgan.