Donetsk oblastining Ukraina nazoratidagi qismida joylaşgan Kramatorsk şahrida Rossiya zarbasi oqibatida önlab kişilar halok böldi.

«Bugun soat 10:00 atrofida Rossiya qöşini Kramatorsk böylab UMPB D-30SN aviabombasi bilan zarba yölladi. Snaryad şahar köçalaridan biriga tuşgan, bu vaqtda u yerda yönalişdagi ikki avtobus harakatlanayotgandi», – deyiladi Ukraina milliy politsiyasi xabarida (UMPB D-30SN – universal turlararo boşqariluvçi öq-dori).

Qutqaruvçilarga köra, hozirgaça 30 kişi halok bölgani va 18 kişi yaralangani maʼlum. Zarba oqibatida ikki avtobus ham yonib ketgan.

Milliy politsiya tomonidan eʼlon qilingan fotosuratlarda yonğin içida qolgan avtobuslar va yerda yotgan jasadlarni köriş mumkin.

Köça yon va yuqoridan dronlardan himoya qiluvçi törlar bilan öralgandi, ammo bomba uni yorib ötgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabariga köra, Kramatorskning Belenko qişloği öqqa tutilişi oqibatida yana uç kişi halok bölgan. Qutqaruvçilar qurbonlardan birini uy vayronalari ostidan olib çiqişgan.

Foto: t.me/Donetsk_obl_prokuratura

Rossiya harbiylari zarba yuzasidan munosabat bildirmadi. Kramatorsk front çiziğidan taxminan 15 kilometr masofada joylaşgan bölib, şaharda muntazam ravişda dronlar hujumi kuzatiladi, şuningdek, artilleriyadan öqqa tutilmoqda.

Kramatorsk va Slovyansk – Donbassning Ukraina nazorati ostida qolayotgan sönggi ikki yirik şahridir. Rossiya hukumati harbiy harakatlar töxtatilişi uçun uşbu ikki şahar topşirilişini talab qilib keladi.

Rossiya qöşini uşbu şahar yönalişida yuriş qilmoqda.

«Hamon Donetsk oblastida qolayotganlarni Ukrainaning nisbatan xavfsiz regionlariga köçib ötişga çaqiraman», – dedi oblast harbiy maʼmuriyati rahbari Vadim Filaşkin zarbaga uçragan avtobuslar haqida xabar berarkan. U Kramatorsk va Slovyanskda jamoat transporti faoliyatini töxtatişga topşiriq bergan.