Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Turkmanistondagi “Avaza” sayyohlik zonasida bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvida nutq sözladi.
Davlat rahbarining matbuot xizmati nutqdan asosiy fikrlarni sanab ötdi:
📌Sönggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti özgardi, yetakçilar tez-tez uçraşib, masalalarni oçiq muhokama qilib, yeçimlar topib, bir-birini qöllab-quvvatlay boşladi;
📌XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş maqsadida Döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani tuziş jarayonlarining yakunlanişi tarixiy voqea böldi;
📌Mintaqa xalqaro maydonda ança işonçli va sezilarliroq tarzda namoyon bölmoqda;
📌Markaziy Osiyo va qöşni mintaqalar örtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqiçini belgilab oliş kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlaş va aniq mazmun bilan boyitiş imkoniyati paydo bölmoqda;
📌Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş böyiça işlarni davom ettiriş taklif etildi;
📌Iqtisodiy hamkorlik yangi darajaga kötarilişi kerak. Özaro savdo va investitsiyalar hajmining ösişi böyiça jiddiy maqsadlar qöyilgan. Endi bu ösiş nimaning hisobiga taʼminlanişini belgilab oliş zarur;
📌Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça 2035-yilgaça möljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur umumiy geografiyamizdan foydalanişda yordam beradigan amaliy vositaga aylanişi kerak;
📌Davlatlar bilan odatdagi savdo-sotiq qiliş endi yetarli emas, birgalikda yakuniy mahsulot yaratiş lozim.



















