Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida talaba yigit qöşnisining maşinasini uning ruxsatisiz haydab ketgani uçun ozodlikdan mahrum qilindi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Xatoga undagan jahl
Sud hujjatiga köra, 22 yoşli Oʻ.B. Qarşi davlat texnika universitetining 4-bosqiç talabasi bölgan.
Yigit 2026-yil 26-mart kuni keçasi telefonda sevgan qizi bilan gaplaşgan. Qiz unga munosabatlarini tugatmoqçi ekanini aytgan. Bundan jahli çiqqan Oʻ.B. qizning oldiga, yaʼni Qarşi şahriga borişga qaror qilgan.
Şu maqsadda u 27-mart kuni soat 2:00 larda qöşnisi H.B.ning Nexia maşinasini uning ruxsatisiz haydab ketgan. Maşina eşigi oçiq holatda kaliti bilan qoldirilgan bölgan.
“Sotiş niyatim bölmagan”
Oʻ.B. maşinani boşqarib, soat 4:30 larda Muborak tumaniga kirib borgan. Söngra u yerdan Kasbi tumanida yaşovçi dösti E.ning xonadoni tomon harakatlangan. Soat 5:00 larda döstining uyiga borib, dam oliş maqsadida yotib uxlagan.
Uyğonganida amakisi uni va maşinani IIB xodimlari izlayotgani haqida xabar jönatganini körgan. Söng IIB xodimlari uni Qarşi şahrida uşlab olişlaridan qörqib, maşinani Muborak tumanidagi oşxona avtoturargohida qoldirib ketgan.
“Oşxonada ovqatlanib çiqdim, maşinani öşa yerda qoldirib, taksida Qarşi şahriga yetib bordim. Ammo meni IIB xodimlari qidirayotgani sababli sevgan qizimning yoniga bormadim. Uni ham tergov harakatlariga jalb qilişlaridan qörqdim. Öşa kuni köçada tunab qoldim. Ertasiga amakim meni Qarşi şahrida topib, Muborak tumaniga olib keldi va Qiziltepa tuman IIB xodimlariga topşirdi.
Maşinani özim boşqarib ketdim, döstimning bu işga aloqasi yöq. Maşina köçada turgandi, bir dona kaliti menda ham bor edi. Kalitni menga qöşnimizning özi berib qöygandi. Uşbu maşinani muqaddam H.B.ning roziligi bilan boşqarib kelganman. Öşa kuni H.B. uxlab yotgani sababli undan söroqsiz va ogohlantirmasdan boşqarib ketdim”, degan yigit suddagi körsatmasida.
Oʻ.B. dösti bilan birga qöşnisining maşinasini sotib yuboriş fikri bölmaganini bildirgan.
“Bilganimda “102” qilmasdim”

















