Muhammad Ali — boks afsonasi bugun, 4 iyun kuni 74 yoşida olamdan ötdi. Uning ölimi köpçilikni ta'sirlantirdi. Bu haqda deyarli barça sayt, ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz yozişmoqda.
Jumladan, Twitter — mikrobloglar tarmoğida u haqida juda köplab fikrlar yozildi. Bir neça soat içida #MuhammadAli heştegi bilan yozilgan tvitlar soni uşbu xabar saytga çiqqan paytda 1,5 milliondan oşib ketdi va bu körsatkiç hali ham ösib bormoqda.
Butun dunyo böylab yozilayotgan tvitlar orasida boksçining buyukligi, hayoti davomida erişgan yutuqlari, aytib ötgan ibratli gaplari xotirlanmoqda.
Hozirda Muhammad Ali heştegi dunyo trendida birinçi örinda turibdi. Taqqoslaş uçun ta'kidlab ötiş kerak, ikkinçi örindagi heşteg esa sönggi soatlarda 35 ming marta yozilgan.







