Aktrisa yuziga Tramp terisi rangini eslatuvchi to‘q-zarg‘aldoq makiyaj surtilgan bo‘lgan. Strip qizil galstuk va ishbilarmonlarga xos kostyumda hamda soxta yasama qorin bilan paydo bo‘lgan.

Meril Strip ayollarga iltifot ko‘rsatish haqidagi "Brush Up Your Shakespeare" qo‘shig‘ini aktrisa Kristin Baranski bilan birga ijro etgan.