Respublika Adliya vazirligida navbatdagi matbuot anjumani ötkazildi. Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar böyiça ötkazilayotgan tadbirlarning  yagona rejasiga muvofiq taşkil etilgan konferensiya “Özbekistonda nodavlat notijorat taşkilotlarining jamiyat hayotidagi örni va rivojlaniş istiqbollari” mavzuiga bağişlandi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari va yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat , şu jumladan xalqaro va xorijiy  taşkilotlardan  40 dan ziyod  vakillar iştirok etdilar.

Anjumanda ta'kidlanganidek, Özbekiston  xuquqiy davlat,oçiq fuqarolik jamiyati barpo etmoqda. Bunda fuqarolarning uyuşmalarga birlaşiş, davlat va jamiyat  boşqaruvida  iştirok etiş kabi konstitutsiyaviy huquqlari ta'minlangan. Uşbu xuquqni amalga oşiriş uçun nodavlat notijorat taşkilotlarining turli şakllari-jamoat fondlari,jamoat taşkilotlari,siyosiy partiyalar,kasaba uyuşmalari ,xayriya taşkilotlari kabilarni tuziş imkoniyatini beradigan qonunçilik bazasi barpo etilgan.

Ötgan davr mobaynida nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini kuçaytirişga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bölib, ularning soni yildan-yilga oşib bormoqda.

NTT larning taraqqiy etişida 2007 yilda qabul qilingan “Nodavlat notijorat taşkilotlar faoliyati erkinligining kafolatlari“ töğrisidagi qonun muxim axamiyat kasb etdi.

Şu bilan birga bu sohaning  institutsional bazasi ham şakllantirildi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi, Inson huquqlari böyiça vakili, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi, Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti taşkil topdi.

Şu örinda anjuman iştirokçilarining e'tibori Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yil12 noyabrda Oliy majlis palatalariningqöşma yiğilişida  ilgari surilgan “Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari” tamoyil asosida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan  izçil tadbirlarga qaratildi.