Toşkent şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti arafasida «premium» sinfidagi xalqaro Hyatt tarmoği mehmonxonasi - Hyatt Regency Taşkent qurib bitkazildi.

Uşbu mehmonxona 2013 yilda qurila boşlagan edi. Loyiha qiymati taxminan 205 million dollar bölib, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining 42 million dollarlik, Xalq bankining 100 milliard sömlik kreditlari va Toşkent ma'muriyatining öz mablağlari hisobidan moliyalaştirildi.

Hyatt Regency Taşkent mehmonxonasi 300ta xonadan iborat, ulardan 15 foizi «lyuks» toifasiga kiradi. Mehmonxona hududida basseyn, 855 kv. m maydonga ega marosimlar ötkaziş zali, spa-hudud va fitnes markaz mavjud.

Bulardan taşqari, 5 ta diplomatik xona, şuningdek, bitta prezidentlik xonasiga xizmat körsatiladi. Xonalar maydoni 35–190 kvadrat metr orasida.

Şuningdek, mehmonxonada bir qança restoran va barlar: keça-kunduz işlaydigan «Xiva» internatsional oşxonasi, tomdagi Sette italian pitstseriyasi, Chai Lounge va oçiq ayvondagi bar faoliyat körsatadi.

Qayd etilişiça, Hyatt Regency Taşkent mehmonxonasi ŞHT sammitida qatnaşiş uçun kelgan ilk mehmonlarini qabul qildi.

Toşkentdagi yangi Hyatt Regency mehmonxonasining ilk suratlari paydo böldi