Turkiya boş vaziri Binali Yildirim, uning mamlakati Rossiyaga Su-24 samolyoti uçun tovon tölaş niyati yöqligini bildirdi. 

"Samolyot uçun Rossiyaga tovon tölaş haqida gap ketayotgani yöq. Biz faqat uzrimizni keltirdik", — deya Yildirim sözlaridan iqtibos keltirgan CNN Turk telekanali. 

"Yöq, yöq, bunday narsa yöq", —degan Turkiya boş vaziri Anadolu agentligi jurnalistlariga. 

Avvalro, Yildirim TRT telekanalida qilgan çiqişida "zarurat bölsa" Turkiya urib tuşirilgan Su-24 uçun zararni qoplaşi haqida aytgan edi.

Duşanba, 27 iyun kuni Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdöğan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga yöllagan maktubida, urib tuşirilgan Su-24 samolyoti uçun keçirim söragani xabar qilingan edi. U, halok bölgan uçuvçi oila a'zolariga hamdardlik bildirgan hamda rasmiy Anqara Rossiya bilan munosabatlarini buzişni xohlamasligini bildirgan edi. 

Rasmiy Kreml Erdöğan maktubini, ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni tiklaş va yaxşilaş tomon "taşlangan muhim qadam" deya baholagandi.