Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi portlash: 31 kishi nobud bo‘ldi, 147 kishi jarohatlandi
Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ ma'lum qilgan ma'lumotga ko‘ra, Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 nafar, jarohatlanganlar soni 147 nafar. Bu haqda Haberturk telekanali Twitter sahifasida xabar qildi.
“O‘ttiz bir kishi halok bo‘ldi, 147 kishi yaralangan”, - dedi vazir.
Avvalroq Istanbul shahri gubernatori Vasip Shahin 28 nafar qurbon hamda 60 nafar yaralanganlar to‘g‘risida ma'lum qilgan edi.
Assoshieyted Press axborot agentligining yuqori lavozimga ega mulozimning so‘zlariga asoslanib xabar qilishicha esa, voqea natijasida taxminan 50 nafar odam nobud bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Istanbul aeroportidagi terrorchilik harakatini ikki nafar terrorchi granatalarni portlatish orqali sodir etgan. Keyinroq hukumat vakillari aeroportdagi hujumda kamida to‘rt kishi amalga oshirganini bildirdi.
Mavzuga oid
11:34 / 04.04.2026
Abu-Dabida portlash: strategik gaz obekti nishonga olindi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026