So‘rovnoma: Frantsuzlarning 45 foizi YeIdan chiqishga doir referendum o‘tkazish tarafdori
TNS Sofres tadqiqot kompaniyasining RTL OnePoint, Le Figaro va LCI uchun o‘tkazgan so‘rovnomasiga ko‘ra, fransuzlarning 45 foizi Yevroittifoqdan chiqish haqidagi referendum o‘tkazilishi tarafdoridir, 44 foiz aholi esa mazkur tashabbusga qarshi. So‘rovnoma natijalari Le Figaro gazetasida chop etildi.
Frantsuzlar orasida "Britaniyadagidek referendum o‘tkazilgan taqdirda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?" degan savolga mahalliy aholining aksariyat - 45 foizi YeIni tark etishni istamasligini bildirgan. Frexit'ga 33 foiz aholi ovoz bergan, 22 foizi esa hali aniq qarorga kelmagan.
Respondentlarning 45 foizi Britaniya referendumi natijalaridan norozi, 36 foizi esa qoniqarli munosabat bildirgan.
Frantsuzlarning aksariyati - 58 foizi - britaniyaliklarning YeIdan chiqishiga ajablanishmadi. Bundan tashqari 48 foiz fransuzlar bu hodisa blokning kelajagiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi deb hisoblashmoqda.
Shuningdek, fransuzlar YeIda ba'zi o‘zgarishlarni istashmoqda. 55 foiz fransuz ko‘proq muxtoriyat talab qilmoqda, 25 foizigina YeI integratsiyasining kuchaytirilishiga umid bildirmoqda.
Foto:AFP
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
08:35 / 12.11.2024
Yevroittifoq Rossiyaning soyadagi flotiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
17:50 / 06.11.2024