Dunyo «ikki eşikli saroy»ga qiyos qilinadi. Biridan kirib, ikkinçisidan çiqib ketiş masofasi bu umrdir. Kimdir öşa umr manzilida ezgu va xayrlik işlarni qilişga ulgursa, kimdir nomaqbul yumuşlar bilan şuğullanib umrguzaronlik etadi. Ikki dunyo sir-asrori va mohiyatini anglaş işqi bu ilmdir. Şuning uçun ham «Bilim bilan ma'rifatning tutqiçi, Ilm ila ikki dunyo oçqiçi» deyiladi. Komil inson uç mezonga tayanadi.  Bular ta'lim, tarbiya, ezgu amaldir. Inson kamolotini busiz tasavvur qiliş muşkul. Şu borada bir rivoyat ham bor.

Ahli donişlardan biri maslahat sörab kelgan muridlardan biriga deydi: 

-Bu dunyoda yaxşi yaşaşni istaysanmi?
-Ha.
-Unda kayfu safo bilan şuğullanaver. Mabodo, u dunyoda yaxşi yaşaşni istamaysanmi?
-Xohlayman.
-Unda toat-ibodat bilan maşğul böl. Balki, ikki dunyo saodatiga ham muşarraf bölişni istarsan?
-Albatta, istayman.
-Unday holda ilm izla, ilmdonlarning suhbatida böl,-deb javob beribdi.

Bundan körinib turibdiki, ikki qirğoqli dunyoda ilm va ezgu amallar qilib ötiş şarafdir degan mazmun mavjud. Bu sohildan u sohilga xayrlik ilmu amallar kemasini yasab ötişni Rudakiy komillikka intilgan insonning faoliyati mezoni deya ta'riflaydi.  

Muallif: Rahimboy Jumaniyozov