Dunyoda yaşayotgan millatlar turliça, ularning madaniyati ham, urf-odatlari ham öziga xos. Quyida keltirilayotgan maqollar ham turli millat vakillarining asrlar oşa saqlanib kelayotgan xalq oğzaki ijodi namunalaridir. 

1.  Ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan. (Özbekiston)

2.  Zulmatni la'natlagandan köra, bitta şam yoqqan afzal. (Xitoy)

3.  Yetti marta yiqildingmi, sakkizinçi marta ham tur. (Yaponiya)

4.  Aqli va saxovati kamligidan hali heç kim nolimagan. (Isroil)

5.  Qayta-qayta urinadiganlar juda kam. (Germaniya)

6.  Bilmaslik uyat emas, bilmay qolib ketiş uyat. (Rossiya)

7.  Dengizda orqaga qayta olişingizning hisobini olib suzing. (Daniya)

8.  Agar sen manzilinga tez bormoqçi bölsang yolğiz bor, agar uzoq manzilni közlagan bölsang şerik top. (Afrika)

9.  Sözlarni sifati muhim, soni emas. (Isroil)

10.  Kuç işlatadigan kişi fikrlaşdan qörqadi. (Keniya)

11.  Ming marta ölça, bir marta kes. (Turkiya)

12.  Şörva ta'mini qoşiq, donolik ta'mini nodon bilmaydi. (Uels)

13.  Eng çiroyli anjirda qurtlar bölişi mumkin. (Zulu xalqlari)

14.  Özingni özgartir, taqdir ham özgaradi. (Portugaliya)

15.  Senga ğiybat qiladigan seni ham ğiybat qiladi. (Ispaniya)

16.  Bölişilgan baxt ikki marta köp, bölişilgan dard ikki marta kam. (Şvetsiya)