AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp internet foydalanuvçilari tomonidan kulgiga qoldi, bunga u xitoyça maqol deb aytgan tvitni e'lon qilgani sabab bölgan, deb xabar qilmoqda «Bi-bi-si».

«Buni qiliş mumkin emasligini aytadiganlar, buni qilayotganlarga xalaqit berişi kerak emas. Xitoy maqoli», - deya yozgan Ivanka Tramp tvitterdagi öz sahifasida.

Biroq, uning AQŞ va Xitoydan bölgan obunaçilari bu Xitoy maqoli emasligini aniqlaşib, prezident qizining ustidan kulişni boşlaşgan.

Foydalanuvçilar yozuvga qoldirilgan izohlarda şunday gaplarni yozib, ularga maqol, deya ta'rif berişgan.

«Agar sen uzumni tatib körmagan bölsang, unda uni nordon, deb aytma».

«Internetda Xitoy maqollarini e'lon qiladiganlar, ularni avval tekşirib körişlari kerak».

Foydalanuvçilardan biri esa, Ivanka bu gapni taxminlar yoziluvçi peçenelarda topib olgani bilan qiziqqan.

Yozuv Ivanka Tramp sahifasidan hamon öçirib yuborilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp KXDR yetakçisi Kim Çen In alomat yigit ekanini aytgandi.