Xitoy sivilizatsiyasi – Yer yuzidagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri. U köp jihatdan boşqa madaniyatlardan özib ketgan. Xitoyda yozuv tarixi 5 ming yil avval paydo bölgan. Şuning uçun ham boşqa ança yoş alifbolardan katta farq qiladi.

Uzoq yillar mobaynida Osmon osti madaniyati yer yuzida yaşagan donişmandlarning çuqur fikrlari va kuzatuvlarini öziga singdirgan. Ular yuz va ming yillar muqaddam aytilgan bölsa ham hali ham öz dolzarbligi va tarbiyaviy ahamiyatini yöqotmagan.

Xitoy xalqining insonning içki olami, baxti haqidagi fikrlari matallar va naqllarda öz aksini topgan.

Fit4brain.com ana şunday donişmandlik namunalarini e'tiboringizga taqdim etadi.

Ğalabaga juda oz qolganida yengiliş hissi, ayniqsa, kuçli böladi.

Sekinlaşişdan emas, töxtab qolişdan qörq.

Hayotning hiylasi şundaki, iloji boriça keçroq navqiron holda vafot etiş kerak.

Sözingiz sukunatni yaxşi tomonga özgartirmasa, gapirmang.

Kuçli odam tösiqlarni yengadi, donişmand esa – jami yölni.

Ming kilometrlik yöl bir qadamdan boşlanadi.

Odamlari kulgan kulba, zerikarli qasrdan badavlatroq.

Jinnining baxti ham ahmoqona.

Qoqilib yiqilgan bölsang, bu notöğri yöldan ketayotganingni anglatmaydi.

Har doim narsalarning yoruğ tomonini topişga harakat qilgin, agar undaylari bölmasa, ular yaltiragunça qoronği tomonlarini art.

Nima sodir bölsa ham öz vaqtida yuz beradi.

Kamçiliklaringni körsatgan kişi har doim ham dösting emas, afzal jihatlaring haqida gapirgan kişi har doim ham dösting bölavermaydi.