Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp va uning ikkinçi turmuş örtoği aktrisa Marla Meyplzning olmos közli nikoh uzugi Nyu-Yorkdagi kimoşdi savdosida 300 ming dollarga sotildi. Bu haqida Associated Press xabar qildi.
Harry Winston markasiga tegişli 7,45 karatli olmos közli uzuk noma'lum xaridorga sotildi. U xaridni telefon orqali amalga oşirgan.
Auktsioner Jozef Dyumuşelning ma'lum qilişiça, zargarlik buyumi "noyob çiroy"ga ega.
Donald Tramp va Marla Meyplz 1993 yilda turmuş qurişgan. 1999 yilda ularning turmuşi buzilib, Meyplz nikoh uzugini kimoşdi savdosida 110 ming dollarga sotib yuborgan. 2016 yilda uning avvalgi egalari qayta sotişni istab qolişdi.







