Rossiyalik öta oğir vaznli boksçi Aleksandr Povetkin Amerikaning boks olamidagi obröli jurnali The Ring reytingidan çiqarib yuborildi. Bundan avval, jurnalning öta oğir vazn toifasidagi boksçilar röyxatida uçinçi örinni egallab turgan rossiyalik sportçining yangilangan röyxatda ismi-şarifi keltirilmagan. 

Eslatib ötamiz, şu yilning may oyida Povetkin WBC tasnifi böyiça jahon çempioni Deontey Uaylder bilan ringga tuşişi kerak edi. Biroq, uning doping tekşiruvi 2016 yil 1 yanvaridan taqiqlangan meldoniyga ijobiy natija bergandi. Şundan söng, uning Uaylder bilan jangi qoldirildi. 

Şu kunlarda, taşkilot majlisi bölib ötib, unda Povetkin va uning vakillari öz qaraşlarini bildirişdi. Aleksandrning advokatlari, boksçining aybsizligini ta'kidlab, öta oğir vaznda WBC tasnifi böyiça jahon çempioni Uaylder bilan jangni qayta taşkil etişni talab qilişgan. WBC Povetkin işi böyiça yakuniy qarorni 12 iyul kuni e'lon qilişini ma'lum qilgan.