Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning qizi, prezident apparati ijroçi rahbari bölgan Ozoda Rahmon mulozimlarga muborak Ramazon oyi tugayotgani munosabati bilan mulozimlarga sadaqa va ehson qiliş majburiyatini yukladi, deb xabar qilmoqda "TajikTA".

"Tojik mulozimlari, muborak Ramazon oyi tugaşi munosabati bilan kam ta'minlangan oilalar, yetim-yesirlar, yolğiz va keksa kişilariga xayr-ehson qilişlari böyiça rasmiy körsatma olişdi", — deya Ozoda Rahmon imzosi tuşirilgan xabardan iqtibos keltiradi agentlik. 

Şu paytga qadar, Tojikistonda davlat mulozimlariga ehson qiliş böyiça rasman majburiyat yuklanmagan edi. 

Umuman, Islom dinida har bir musulmon Ramazon oyida, Iyd al Fitr (Ramazon hayiti) namozi ado etilguniça, Fitr sadaqasi berişi şartdir. Özbekistonda oila a'zolarining har bir jon boşiga (homilador ayolning homilasi ham hisobga kiradi) 2 kg buğdoy narxida fitr sadaqasi beriş bilan ado etiladi. 

Misol uçun, oilada 3 kişi: ota-ona va bir farzand bölsa va bozorda örtaça buğdoy narxi 2 ming sömni taşkil etsa, 3 kişiga 2 kgdan buğdoy narxi 12 ming sömni taşkil etadi. Mana şu pul fitr sadaqasi sifatida kam ta'minlangan kişilarga topşiriladi. Buğdoy narxi har bir hududdagi qiymatga asosan olinadi.