Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "Yarova töplami" deb nomlanuvçi terrorizmga qarşi kuraş çoralari töğrisidagi qonun hujjatlari töplamini imzolaşi, Rossiyada faoliyat yurituvçi MTS va "Megafon" mobil aloqa kompaniyalarining qimmatbaho qoğozlari narxiga salbiy ta'sir körsatdi. Moskva birjasi savdolariga oid axborot şunday deyişga asos bölmoqda.
Xususan, Moskva vaqti bilan soat 13:15da MTS aksiyalari 3,3 foizga, "Megafon" qimmatli qoğozlari 1,7 foizga arzonlaşgan. Qonun töplami imzolangani töğrisidagi xabarlardan avval, bu kompaniyalarning aksiyalari 2 foiz qimmat bölgan.
Rossiyada qabul qilingan yangi terrorizmga qarşi kuraşga doir qonunlar töplamiga köra, aloqa operatorlari va internet-kompaniyalar foydalanuvçilarning muloqotlari va ularning mazmuniga oid xabarlarni, özaro yozişmalarini saqlaşi va maxsus xizmatlar talab qilgan taqdirda ularni taqdim etişlari kerak böladi. Aloqa kompaniyalari esa, uşbu qonun tufayli mobil aloqa xizmati narxi 2-3 martaga qimmatlaşişi mumkinligidan ogohlantirişgan edi.







