7 iyul tungi payt Kiyevda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvilining zirhlangan Toyota Land Cruiser yöltanlamasi öğrilab ketildi. Maşinaning narxi 15,5 mln rublni taşkil qiladi, deb yozmoqda Ukraina boş prokuraturasiga iqtibos keltirgan holda "Strana.ua" naşri.

Prokuratura ma'lumotlariga köra, jipni Guga laqabli öğri Sergey Glonti jinoiy guruhi a'zolari olib qoçgan. Glonti Vengriyaga bu mamlakatning fuqaroligini noqonuniy oliş maqsadida firibgarlikda ayblanib, ekstraditsiya qilinişi kerak. Glonti 21 iyunda Kiyevda qölga olingan, hozirda u tergov izolyatorida saqlanib, ekstraditsiya masalasi böyiça sud qarorini kutmoqda.

Ukraina boş prokuraturasi xodimlari fikriça, öğrilar maşinani sud hakamlari Glontiga yon bosişlari, uning advokatlari dalillariga rozi bölişlari va uni ozodlikka qöyib yuborişlari maqsadida öğrilaşgan. Qayd qilinişiça, faqat şu holdagina maşina egasiga qaytarilişi mumkin.