4 iyul kuni Toshkent shahridagi “Alisher Navoiy” nomli kinoteatr zalida “Sochnaya dolina” TM savdo belgisi kompaniyasi tomonidan “Sochnaya dolina qutisi evaziga uy” promo-aksiyasining 2-bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Bugun, 13 iyul kuni promo-aksiya g‘oliblariga o‘zlari yutib olgan sovg‘alar topshirilib, ishtirokchilar aksiyaning haqqoniy tarzda o‘tganiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi. Biz esa g‘oliblarning aksiyadan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida ular bilan telefon orqali bog‘landik.
Aktsiyaning 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Saidazimov Rustam Abdigafirovich anchadan beri “Sochnaya dolina” xaridorlaridan biri hisoblanadi. Yutuqli aksiya boshlangani haqida xabar topgach esa Rustam Saidazimovda ushbu aksiyada omadini sinab ko‘rishga bo‘lgan qiziqish paydo bo‘ldi va u 2-bosqichda g‘olib bo‘ldi. Shunday qilib, Artel firmasining maxsus tarozisini qo‘lga kiritgan +998xx- 583-xx-51 abonenti 610074855565 promo-kod egasi o‘z taassurotlarini shunday ifodaladi:
- Tasodifan do‘konlarning birida “Sochnaya dolina” TM savdo belgisi stikerini ko‘rib qoldim va aksiya boshlangani haqida eshitdim. Shundan so‘ng, deyarli har kuni “Sochnaya dolina” sharbatini iste'mol qilib, stiker ostida yashiringan promo-kodlarni qisqa 1965 raqamiga yuboraverdim. Menga qo‘ng‘iroq qilib g‘olib bo‘lganim haqida aytishganida esa aksiyaning ishonarli tarzda o‘tayotganiga amin bo‘ldim. Qolaversa, hozir ham “Sochnaya dolina” sharbatini iste'mol qilishda davom etayapman va aksiyaning keyingi bosqichlarida ham omadim kelishiga ishonaman.
Promo-aksiyaning yana bir g‘oliblaridan biri, Andijon shahrida yashovchi Qimmatxon Saidaliyeva G‘oyibovna esa Artel kompaniyasining “Blender” yutug‘i sohibi bo‘ldi. Asl kasbi o‘qituvchi bo‘lgan +998xx-90-541-xx-05 abonenti va (77429351465) promo-kodi egasi Qimmatxon “aksiya g‘olibi bo‘lgani haqida oilasi davrasida eshitib xursand bo‘lgani, o‘zi yutib olgan “Blender” unga ajoyib esdalik sovg‘asi ekani” haqida aytib, promo-aksiyaning ishonchli tarzda o‘tayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi:
- Televizorda reklamasini ko‘rib, uyoq-buyoqda aksiyada g‘olib bo‘lganlar haqida eshitsam ham avvaliga ishonmadim. Ammo qizim ushbu aksiyada ishtirok etishga qiziqqach, har kuni “Sochnaya dolina” sharbatini sotib oldik. Promo-kodlarni esa qisqa 1965 raqamlariga jo‘natdik. Omadimiz kelib, g‘olib bo‘ldik. Hozirda aksiya davom etmoqda. Sms bahosi ham arzon ekan.
+998xx-672-xx-07 abonenti, (869648668071) promo-kod egasi Tursunboy Raimov Mahmudjonovich ham aksiya g‘oliblaridan biri. Promo-kodlar orqali mikroto‘lqinli pech sohibiga aylangan Tursunboy Raimov “aksiyada ishtirok etishga do‘sti yordam bergani, boshqa hech kim ushbu aksiyada uning g‘olib bo‘lishiga ishonmagani, ammo baribir omadini sinab ko‘rish fikridan qaytmagani”ni ma'lum qilgan.













