Vatan Quriliş’ning 13 yillik yöli
Kompaniya şu vaqt davomida Yakkasaroy, Yunusobod hamda boşqa hududlarda bir qator loyihalarni amalga oşirdi. Ular orasida Yakkasaroy turar joy majmuasi (2015), Madrid turar joy majmuasi (2019), Yakkasaroy City Mall (2023), IKAT turar joy majmuasi (2024) kabi loyihalar bor.

Yangi Qo‘yliq - faqat xonadon emas, töliq infratuzilmaga ega muhit
Bugungi kunda kompaniyaning yirik loyihalaridan biri - Yangi Qo‘yliq turar joy majmuasi. Loyihaning umumiy maydoni qariyb 53 gektarni taşkil etadi.
Yangi Qo‘yliq Yangi Toshkent hududiga yaqin joylaşuvi, transport va savdo imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Loyiha atrofida aholining kundalik ehtiyojlarini qondirişga xizmat qiluvçi savdo va xizmat körsatiş obyektlari, jumladan, Qo‘yliq Katta bozori va boşqa savdo nuqtalari mavjud.
Şu jihatdan Yangi Qo‘yliq konsepsiyasi faqat yaşaş uçun xonadon xarid qilişni emas, balki kundalik hayot, tadbirkorlik, işlaş va investitsiya uçun qulay muhit yaratişni közda tutadi.

Yangi Qo‘yliq 1 - sotuvi yakunlangan loyiha
Vatan Quriliş’ning Yangi Qo‘yliq 1 loyihasi öz xaridorlariga topşirildi. Loyiha doirasida xonadon egalari uylarini qabul qilib oliş bilan birga, kompaniya tomonidan hujjatlarni rasmiylaştiriş va kadastr masalasiga ham eʼtibor qaratilgan.
Kompaniya maʼlumotlariga köra, Yangi Qo‘yliq 1 loyihasi töliq sotilgan.

Yangi Qo‘yliq 2 - yangi loyiha, yangi imkoniyatlar
Yangi Qo‘yliq 1 loyihasi yakunlangaç, Vatan Qurilish yangi bosqiçga - Yangi Qo‘yliq 2 loyihasiga start berdi. Hozirda yangi loyihada qurilish işlari jadal davom etmoqda va xonadonlar savdosi boşlangan.















