8-oktabr kuni Turkmanistonning Avaza milliy sayyohlik zonasidagi tadbirlar doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan bilan uçraşdi.
Özbekiston – Armaniston köp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Turli darajalarda faol aloqalar yölga qöyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat örtasida siyosiy maslahatlaşuvlar ötkazildi.
Özaro savdo hajmi ortib bormoqda, mamlakatimizda Armaniston sarmoyasi iştirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar örtasida töğridan-töğri aviaqatnov yölga qöyilgan.
Qişloq xöjaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş muhimligi taʼkidlandi.
Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va qöşma işbilarmonlik tadbirlarini samarali ötkaziş zarurligi qayd etildi.
Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va köp tomonlama taşkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.












